Mourino "non"siz qolmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
"Roma"ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
60 yoshli mutaxassis seshanba kuni Rim klubidan ishdan bo'shatildi. TeamTalk xabariga ko'ra, "Ash-Shabab" Mourino nomzodini allaqachon ko'rib chiqmoqda.
Portugaliyalikning o'zi avvalroq kelajakda Saudiya Arabistonida ishlashini tan olgandi.
Joze Mourino “Roma”ni 2021 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Italiyaga qaytishdan oldin u "Tottenxem" (2019 yildan 2021 yilgacha) va "Manchester Yunayted"da (2016-2018) ishlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!