Dayer nima uchun mashg'ulotlarda qatnashmagandi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Erik Dayer nima uchun mashg'ulotlarni o'tkazib yuborganini tushuntirdi.
30 yoshli myunxenlik futbolchi farzandi dunyoga kelgani sababli klubni vaqtinchalik tark etgandi.
“Bu yig'inni tark etish uchun yaxshi sababdir. Bungacha u uchta yaxshi mashg'ulot o'tkazdi. Umid qilamanki, u boshqa markaziy himoyachilar kabi juma kuni mashg'ulotlarga qaytadi.
Hozir eng muhimi uning rafiqasi va yangi tug'ilgan farzandining farovonligidir", - deya Tuxeldan iqtibos keltiradi Bayern & Germany.
21 yanvar kuni "Bavariya" o'z maydonida Bundesliga doirasida "Verder"ga qarshi o'yin o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!