«Napoli» Traore transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77
"Napoli" "Bornmut" va Kot-d'Ivuar terma jamoasi yarim himoyachisi Xamed Traoreni sotib oldi. Bu haqda Italiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
23 yoshli yarim himoyachi 6 oylik ijara evaziga partenopiyaliklar safiga qo'shildi. Bu muddatdan keyin “Napoli” futbolchini 25 million evroga sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Traore "Bornmut"da bir yil o'ynadi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda "giloslar" safida bor yo'g'i oltita o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. Futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko'ra futbolchining taxminiy narxi 18 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!