"Nyukasl" Edersonga ko'z tikkan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 71
Angliyaning "Nyukasl" klubi Italiyaning "Atalanta" klubining markaziy yarim himoyachisi Ederson Lourensoga e'tibor qaratmoqda.
The Sun xabariga ko'ra, "qarg'alar" 24 yoshli braziliyalik futbolchini Sandro Tonalining o'rniga taklif etishni ko'rib chiqmoqda.
Manbaning xabar berishicha, "Atalanta" o'z yarim himoyachisi uchun 40 million evro talab qiladi. Agar tomonlar transfer borasida kelishuvga erishsa, futbolchining o'zi ham Premer-ligaga o'tishga tayyor bo'ladi.
Joriy mavsumda Ederson Italiya A seriyasida beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. “Atalanta” turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!