Osiyo kubogi-2023. Hojiakbar Alijonov Hindistonga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
O'zbekiston terma jamoasi o'ng qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonov Osiyo kubogi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Hindistonga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi. Bu haqda terma jamoamiz ustozi Srechko Katanets bugun o'tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Xabaringiz bor, "Paxtakor" futbolchisi Suriyaga qarshi uchrashuvning birinchi bo'limidan so'ng zaxiraga olingan edi. O'shanda uni jarohat bezovta qilgani taxmin qilingandi. Taxminlar rost bo'lib chiqdi.
U Avstraliyaga qarshi bahsgacha tiklanishga ulgurishi borasida hozircha ma'lumot berilmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!