"Bayer" futbolchisi uchun 130-150 million evro talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 62
"Bayer" yarim himoyachisi Florian Virts katta ehtimol bilan kelasi yozda o'z jamoasida qoladi.
Manbaning qayd etishicha, “dorichilar” 20 yoshli Virts uchun 130-150 million evro tovon puli talab qilishmoqda.
Agar “Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso keyingi mavsumda jamoada qolsa, Florian ispaniyalik mutaxassis bilan ishlashni davom ettirish niyatida.
Ma'lum qilinishicha, "Bayer" ham yaqin vaqt ichida Virtsga yangi shartnoma taklif qilishi mumkin. Yarim himoyachi Bundesliganing joriy mavsumida 5 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!