Messi va Xoland "The Best" uchun bir xil ovoz olgandi, biroq...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
Lionel Messi va Erling Xoland "The Best" uchun bir xil miqdordagi ovozlarni oldi.
FIFA tomonidan o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, "Inter Mayami" forvardi ham, "Manchester Siti" hujumchisi ham "Eng yaxshi futbolchi" nominatsiyasida 48 ochko olgan.
Eng yaxshi sovrin argentinalik futbolchiga nasib etdi, chunki terma jamoalar sardorlari uni ovoz berishda boshqalarga qaraganda ko'proq birinchi o'ringa joylashtirishdi.
Kilian Mbappe (“PSJ”) 35 ochko bilan uchinchi o'rinni egalladi.
Messini 1-o'ringa qo'ygan mashhur sardorlar — Mbappe, Neymar, Saloh, Keyn, Modrich, Valverde, Levandovski, Lukaku, Oblak, Donnarumma, Robertson, van Deyk, Jaka, Falkao...
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!