O'zbek futboli. Yil sarhisobi . Quvonarli holatlarlar.
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11929
Ichki chempionat.
Yangi tizim O'zbekiston «Pepsi liga»miz bu mavsum oz bo'lsada kelajakka umid uyg'ota oldi. Tog'ri, mavsum so'ngida «Buxoro», «Nasaf», «Bunyodkor» singari jamoalar moliyaviy tizim qurboniga aylanib, ko'ngilni xira qilishdi. Lekin tan olish kerak «Navbahor» jamoasi va «Buxoro» klubi o'z imkoniyatlaridan oshiqroq harakat qilib, birinchi davrani qizg'in o'tishini ta'minlab bera olishdi. Ilk bor viloyat klublari chempionlik uchun kurashda qatnashishdi. To'gri, kamchiliklar ham bor ,ammo fakt shundaki yangi tizim yo'lga qo'yildi .Endi shu tizimni takomillashtirish va moliyaviy muammolarni hal qilish kerak.
Yangi bosh murabbiy. Ektor Kuper.
Yangi umid To'g'ri, uzoq vaqt bo'sh yotgan termamiz postiga kech bo'lsa ham va'da qilinganidek, chetdan murabbiy olib kelindi. To'gri, u Venger yoki Konte emas, lekin yangilanishni amalga oshirayotgan UFA uchun boshlanishi chakki emas. Mahalliy murabbiylardan charchagan muxlislarning Kuperdan umidlari juda ham katta. Biz ham undan Osiyo kubogida ulkan g'alabalar kutib qolamiz.
(U -23)yoshdagilar o'rtasidagi Osiyo chempionati g'olibligi.
Mana bunisi odamni quvontradigan holat. Uzoq kutilgan chempionlik va g'oliblik ruhi.Mustaqillik og'lonlari Osiyoda tengsiz ekanligini hamma uchrashuvda ko'rsatib qo'ya olishdi. Ayniqsa, chorak va yarim finallardagi yorqin g'alabalar shu so'zlarimizga isbot. Chemponlik o'z yo'liga, bu jamoa bizga kelajak uchun Aliboev, Siddiqov, Hamrobekov, Tursunov, Yaxshiboev, G'aniev, Hamdamov singari tayyor futbolchilarni ham ko'rsatib bera oldi. Hozirda ularning deyarli yarmi xorij klublariga o'tib ketishdi. Bu esa ikki hissa quvontiradi. Bundan avvalgi Jeparov, Kapatdze, Nesterov, Shatskihlarning davrlaridan so'ng yangi avlodning ham ulardan hech jabhada qolishmasligi bizga kelajakdan umid qilish hissini uyg'otmoqda. Asosiysi, (U-23) jamoamiz bizda futbol hali o'lmaganini hammaga ko'rsatib qo'yishdi.