Allegri: «Men undan juda mamnunman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri “Yuventus”da 2021 yildan buyon o'ynab kelayotgan ivuarlik hujumchi Moyze Kinga to'liq ishonishini va o'yinidan qoniqishini aytdi.
"Kin - "Yuventus" futbolchisi, men bundan juda mamnunman. Men hozir transferlar haqida gapirishni istamayman, ayniqsa muhim o'yinlar arafasida", - deya Allegri so'zlarini keltiradi Italiyaning ITASportPress agentligi.
Avvalroq Moyze Kin Italiyaning “Verona”, Angliyaning “Everton”, Frantsiyaning “PSJ” kabi klublarida to'p tepishga muvaffaq bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!