«Roma» Mourinoning kelajagi borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54
«Roma» portugaliyalik bosh murabbiy Joze Mourinoga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.
Calciomercato xabariga ko'ra, Italiya klubi rahbariyati Mourinoga agar jamoa 2024/25 yilgi mavsum yakunida Chempionlar ligasiga chiqsa, unga avtomatik ravishda uzaytirish varianti bilan bir yillik shartnoma taklif qiladi.
60 yoshli Mourino 2021 yilning iyulida «Roma»ni qabul qilib olgan. Portugaliyalik boshchiligida «bo'rilar» 2021/22 yilgi mavsumda Konferentsiyalar ligasi g'olibiga, 2022/23 yilgi mavsumda esa Evropa Ligasi finalchisiga aylanishdi.
«Roma» Italiya A Seriyasida 19 turdan keyin 29 ochko bilan sakkizinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!