Ryudiger Moratani g'azabini keltirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
Madridning “Real” klubi himoyachisi Antonio Ryudiger Ispaniya Superkubogi yarim final uchrashuvida “Atletiko” hujumchisi Alvaro Moratani g'azablantirdi. 30 yoshli nemis raqibini ko'krak uchidan ushlab, ispaniyalikning g'azabini keltirdi – va u raqibini turtib yubordi.
Biroq uchrashuvning bosh hakami Xaver Alberola Roxas bu epizodga e'tibor bermay, futbolchilarni jazolamadi.
Madridning “Real” klubi Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi, u erda “Barselona” – “Osasuna” uchrashuvi g'olibi bilan to'qnash keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!