Nigina Abduraimova «Australian Open»ning asosiy bosqichiga chiqa olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
Nigina Abduraimova tennis bo'yicha «Katta dubulg'a» turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionati (Australian Open)dagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz saralash bosqichining ikkinchi davrasida chexiyalik Dominika Shalkovaga imkoniyatni boy berdi.
1 soat 20 daqiqa davom etgan o'yin Shalkovaning 7:5, 6:4 hisoblaridagi g'alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bosqichgacha etib borgani uchun Abduraimova 20 reyting ochkosi va taxminan 29 645 AQSh dollariga ega bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!