Todibo uchun kurash qizimoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 58
"Milan" yana e'tiborini Jan-Kler Todiboga qaratdi.
RMC Sport xabariga ko'ra, "rossonerilar" "Nitstsa" himoyachisi borasida surishtiruv o'tkazgan. “Manchester Yunayted” va “Chelsi” ham shunday qilishdi.
Shu bilan birga, Frantsiya jamoasi futbolchini mavsum oxirigacha olib qolishga umid qilmoqda.
Agar Fikayo Tomori "Bavariya"ga sotilsa, "Milan" Todiboni sotib olishga harakat qilishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!