"Birmingem" futbolchilari Runining iste'fosidan xursand
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
"Birmingem"ning ba'zi futbolchilari Ueyn Runining klubdan chetlatilishidan mamnun bo'lishdi.
Daily Mail nashri xabariga ko'ra, "Birmingem"ning asosiy o'yinchilaridan bir guruhi Runining ketishi bilan xotirjam bo'lishgan. Ular Ueyndan oldin klub bilan ishlagan Jon Yustsi jamoaga qaytishidan xursand bo'lishadi.
Eslatib o'tamiz, Runi oktyabr oyida "Birmingem" bosh murabbiyiga aylangandi. Uning qo'l ostida jamoa Chempionatda 6-o'rindan 20-o'ringa tushib ketdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!