Saloh Saudiya Arabistoniga o'tishdan ko'ra "Liverpul" bilan yangi shartnoma tuzishga yaqinroq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh asta-sekin klubi bilan yangi shartnomaga yaqinlashmoqda. Eslatib o'tamiz, hujumchining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ayni damda misrlik futbolchining xizmatlariga bir qator klublar qiziqish bildirayotgan Saudiya Arabistoniga o'tishdan ko'ra, "Liverpul" bilan yangi shartnoma tuzishga yaqinroq.
Saloh joriy mavsumda gol urish bo'yicha APLda peshqadamlik qilmoqda. 31 yoshli hujumchi chempionatning 20 turida 14 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!