Kererning transfer tafsilotlari aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
“Vest Xem” markaziy himoyachisi Tilo Kerer faoliyatini “Monako”da davom ettiradi. Bu ma'lumotni taniqli jurnalist Fabritsio Romano baham ko'rdi.
Qayd etilishicha, transferning barcha tafsilotlari allaqachon kelishib olingan. Bugun Kerer Monakoga jo'nab ketadi.
2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha ijara mo'ljallangan. Shundan so'ng, "Monako" "bolg'achilar"ga 11 million evro to'lab, Kererning to'liq transferini amalga oshirishi mumkin bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!