Kolumbiyalik futbolchiga BAAdan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
"Krasnodar" hujumchisi Jon Kordoba BAA klublarining qisqa ro'yxatidan joy oldi.
RB Sport xabariga ko'ra, Amirliklarning bir nechta jamoalari "buqalar"ning 30 yoshli kolumbiyalik hujumchisiga e'tibor qaratgan.
Manbaga ko'ra, transfer summasi 10 dan 12 million evrogacha bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, kubanliklar qishda o'z to'purarini qo'yib yuborish niyatida emasligi aytilmoqda.
2023/24 yilgi mavsumda Kordoba barcha turnirlarni hisobga olgan holda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 11 bor raqiblar darvozasiga zarba berdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Krasnodar” mavsumning birinchi qismini Rossiya Premer-ligasi turnir jadvalida birinchi o'rinda yakunladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!