Roberto Premer-ligaga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Barselona" himoyachisi Serxi Roberto faoliyatini Londonning "Arsenal" jamoasida davom ettirishi mumkin. Diario Sport xabariga ko'ra, "Arsenal" allaqachon Kataloniya klubiga ushbu transfer imkoniyatiga oydinlik kiritish uchun so'rov yuborgan.
Manbaga ko'ra, Roberto xizmatlariga "kanonirlar" ustozi Mikel Arteta qiziqmoqda. Shu bilan birga, futbolchining o'zi ham "Barselona"ni tark etishni istamasligi va "ko'k-anorranglilar"dan yangi shartnoma taklifini kutayotgani xabar qilingan.
Joriy mavsumda Roberto barcha turnirlarni hisobga olgan holda sakkizta uchrashuvda maydonga tushdi va uchta gol urdi. Futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!