"Real Madrid" Alabaning o'rnini kim egallashini hal qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162
"Real Madrid" yanvardagi transfer oynasida yangi himoyachi sotib olmaydi.
Bu haqda Marca nashri jurnalistlari xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, "qirollik" klubi markaziy himoyachi roliga rozi bo'lgan Antonio Ryudiger, Nacho Fernandes va Aurelien Tchuameniga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, jamoaning asosiy himoyachilari hisoblangan Eder Militao va David Alaba jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqdi.
Ispaniya chempionati turnir jadvalida “Real Madrid” peshqadamlik qilmoqda. Karlo Anchelotti shogirdlari 18 turdan keyin 45 ochko to'pladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!