Murodjon Ahmadalievning Naoya Inouega qarshi jangi Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
Birinchi yarim engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lgan Naoya Inoue 2024 yilda 3 ta jang o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Dastlab, may oyida Yaponiyada WBC kamariga da'vogar Luis Neriga qarshi ringga ko'tariladi. Shundan so'ng sentyabr oyida o'zbekistonlik Murodjon Ahmadalievga qarshi jang rejalashtirilgan.
Xabarlarga ko'ra, ushbu jangni tashkil etishga Saudiya Arabistoni qiziqish bildirmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, Murodjon va Naoya o'rtasidagi jang Saudiyada bo'lib o'tadi.
Shuningdek, Inoue dekabr oyida Jon Riel Kazimoro yoki Sam Goodmanga qarshi ringga ko'tariladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!