Arteta: "Xavertsning ishonchi ortib bormoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 17-turi doirasidagi "Brayton" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) Kay Xaverttsning o'yiniga yuqori baho berdi.
24 yoshli germaniyalik futbolchi "Arsenal"ning so'nggi 7 o'yinida to'rtinchi golini kiritdi.
"Kai Xavertts? U yuqori darajada. Uning o'ziga ishonchi ortib bormoqda. U o'zini xotirjam his qiladi va buni ko'rishingiz mumkin. Uning o'yini, maydonda ko'rsatadigan aql-zakovati, tajovuzkorligi, samaradorligi - bularning barchasi eng yaxshisidir", - deya Arteta so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!