Umarbek Eshmurodov «Nasaf» bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
So'nggi yillarda «Nasaf» sardori bo'lgan tajribali himoyachi Umarbek Eshmurodov bilan klub o'rtasidagi hamkorlik o'z nihoyasiga etdi.
"2016 yil klubimiz a'zosiga aylangan Umarbek jamoamizga ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishga o'zining munosib hissasini qo'shdi. Futbolchi klubimiz a'zolari bilan do'stona xayrlashdi. Biz ham jamoamizning ko'p sonli muxlislari nomidan Umarbekning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", deyiladi "Nasaf" matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Ma'lumotlarga qaraganda, Eshmurodov Malayziyaning "Selangor" klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!