Kutilmaganda noxush xabar! Shomurodov barmog'ini sindirib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63
"Kalyari" hujumchisi Eldor Shomurodov mashg'ulotda jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"Eldor Shomurodov mashg'ulotda olgan kutilmagan jarohati tufayli futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi. Uning oyog'idagi ikkinchi barmog'i singani aniqlandi. Futbolchi ahvoli qayta baholanadi", — deyiladi tarqatilgan xabarda.
Eldor "Napoli"ga qarshi A seriya bahsida ishtirok etmasligi aniq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!