De Bryuyne Gvardiolaning unga aytgan birinchi so'zlarini eslaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Manchester Siti" pleymeykeri Kevin De Bryuyne jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola bilan bo'lgan ilk suhbatini esladi.
"Biz 2016 yilgi Evropa chempionatidan qaytganimda birinchi marta gaplashgan edik. Keyin u shunday dedi: "Siz juda zo'r futbolchi bo'lishingiz mumkin. Siz dunyoning eng yaxshi 5 taligiga kirasiz”. Bu so'zlar menga ishonch bag'ishladi va yo'limda davom etdim. Gvardiola bilan munosabatlarimiz juda yaxshi", - deya belgiyalik futbolchining so'zlarini keltiradi "shaharliklar" matbuot xizmati.
Ayni damda De Bryuyne tizzasidan olgan jarohati tufayli shifoxonada. Joriy mavsumda yarim himoyachi Angliya chempionatida bitta o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!