O'zbek hakamlarining eng, eng, englari...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
O'zbekiston Superligasining yakuniga etgan mavsumiga ko'ra qaysi hakamlar eng ko'p uchrashuv boshqargani, sariq va qizil kartochka ko'rsatgani hamda eng ko'p penalti belgilaganini bilasizmi?
Eng ko'p o'yin boshqarish bo'yicha bu mavsum 3 nafar hakamimiz teng natija qayd etdi. Unga ko'ra, Ilgiz Tantashev, Akobirxo'ja Shukurullaev hamda Shavkat Nasibullaev joriy mavsumda 13 ta Superliga bahsida ishlagan. Ulardan keyingi o'rinlarni esa 12 ta bahsda hakamlik qilgan Temur To'xtasinov va Asker Najafaliev, shuningdek, 11 tadan uchrashuv boshqargan Rahimbek Karimov va Firdavs Norsafarov egallagan.
Sariq kartochkalar bo'yicha Asker Najafaliev etakchilik qilmoqda. Uning hisobida 12 ta o'yinda ko'rsatilgan 68 ta sariq va 4 ta qizil kartochka bor. Bundan tashqari, u ushbu bahslarda 5 marta penalti belgilagan.
Qizil kartochkalar bo'yicha etakchi hakam esa bu mavsum Rahimbek Karimov bo'ldi. Superliganing 11 uchrashuvida ishlagan ushbu hakam cho'ntagidan jami 10 marta qizil rangli kartochkani chiqargan. Bundan tashqari, uning hisobida 45 ta sariq kartochka ham bor.
Penalti belgilash bo'yicha Firdavs Norsafarov — mutlaq etakchi. U Superliganing 11 uchrashuvida 7 bora 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan.