«Manchester Yunayted»ning Chempionlar ligasi guruhida so'nggi o'rinni egallashi yangilik emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
«Manchester Yunayted» Chempionlar ligasida o'z muxlislarini hafsalasi pir qildi.
Erik ten Xag shogirdlari bor-yo'g'i 4 ochko jamg'arib, o'z guruhida «Bavariya» (16), «Kopengagen» (8) va «Galatasaroy» (5)dan keyin oxirgi o'rinni egalladi. Natijada «qizil iblislar» evrokuboklardan chiqib ketishdi.
Aytish joizki, «Manchester Yunayted» allaqachon bir marta Chempionlar ligasi guruhida so'nggi o'rinni egallagan.
Bu 2005/2006 yilgi mavsumda, Ser Aleks Fergyuson jamoa murabbiyi bo'lganida sodir bo'ldi. O'shanda «qizil iblislar» (6 ochko) kutilmaganda «Vilyarreal» (10), «Benfika» (8) va «Lill» (6) bo'lgan to'rtlikda oxirgi o'rinni egallagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!