Enrike: "Barkola ajoyib o'ynadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike kecha parijliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan "Nant"ga qarshi o'yinda vinger Bredli Barkolning o'yiniga izoh berdi.
“Barkola “Nant”ga qarshi o'yinda ajoyib o'ynadi. U o'yinda eng hal qiluvchi o'yinchi bo'ldi. Bredli ajoyib o'yin o'tkazdi va ajoyib gol urdi. Men Barkola uchun juda xursandman, lekin uning o'yini meni hayratda qoldirmadi", - dedi Enrike o'yindan keyingi matbuot anjumanida.
Barkola yozda "Lion"dan "PSJ"ga o'tgan edi. Bredli joriy mavsum Liga 1da bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!