Neymar "Santos"ning quyi ligaga tushib ketishiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
Braziliyada sensatsiya - afsonaviy "Santos" o'zining 111 yillik faoliyati davomida birinchi marta mahalliy chempionat oliy ligasini tark etdi. Bu Braziliya uchun ham, “Santos”da o'ynagan futbolchilar uchun ham haqiqiy zarba bo'ldi. Bu hodisaga Neymar munosabat bildirdi.
"Bayram bizning ko'chamizga qaytadi, biz yana tabassum qilamiz", - deb post qoldirdi Neymar ijtimoiy tarmoqda klub muxlislarining ko'nglini ko'tarishga urinib.
Neymar 2009 yildan 2013 yilgacha "Santos"da o'ynagan, keyin "Barselona"ga o'tgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!