Uilyamsga belgilangan summa ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Hujumchi Niko Uilyams yaqinda Bilbaoning «Atletik» klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchining yangi shartnomasida uni 50 million evroga sotib olish varianti mavjud.
Qayd etilishicha, «Barselona» yozgi transfer oynasida bu variantni faollashtira olmaydi, bu esa boshqa klublar uchun imkoniyatlar ochadi.
2023/2024 yilgi mavsumda Niko Uilyams «Atletik» tarkibida 11 ta o'yin o'tkazdi. Ularda hujumchi bitta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!