Boks. Shohjahon Ergashev puerto-rikolik raqibidan texnik nakautga uchradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Bugun, 26 noyabr kuni professional boksning super engil vazn toifasida o'zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev IBF chempioni puerto-rikolik Sabriel Matiasga qarshi Las-Vegasdagi "Michelob Ultra Arena"da jang o'tkazdi.
12 raundga mo'ljallangan jangning oltinchi raundida Shohjahon Ergashev jangni davom ettira olmadi va IBF kamari o'z egasida qoldi. Jang davom ettirilmasligiga Shohjahon Ergashevning jarohati sabab bo'lgani aytilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!