Xavi uchun «Rayo Valekano» juda noqulay raqib
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
«Barselona» Ispaniya chempionatining 14-turi doirasida «Rayo Valekano»ni mehmonda mag'lub eta olmadi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Aytish joizki, mezbonlar 39-daqiqadan hisobda oldinga chiqib olishdi, «ko'k-anorranglilar» esa ikkinchi bo'lim oxirida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi.
Xavi uchun «Rayo Valekano» bilan bu uchrashuv «Barselona» bosh murabbiyi sifatidagi to'rtinchisi bo'ldi.
Aytish mumkinki, madridliklar Kataloniya klubi uchun eng noqulay raqiblardan biri hisoblanadi. Xavi qo'l ostidagi to'rtta o'yinda «Barselona» hech qachon «Rayo Valekano»ni mag'lub eta olmadi, ikki marta durang o'ynadi va ikkita mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!