JCh-2026 saralash. O'zbekiston Sergeevning goli evaziga Eronga qarshi o'yinda mag'lubiyatdan qutulib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

JCh-2026 2-saralash bosqichi "E" guruhi 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Eron bahsi yakunlandi.
Uchrashuvning 14 va 38-daqiqalarida kiritilgan gollar evaziga Eron terma jamoasi 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi.
Lekin, ikkinchi bo'limda milliy terma jamoamiz "uyg'ondi". 52-daqiqada Oston O'runov hisobni qisqartirdi. O'yining 82-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Igor Sergeev 85-daqiqada eronliklar darvozasiga aniq zarba yo'llab, hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, O'zbekiston-Eron terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
O'zbekiston – Eron 2:2
"E" guruhi. 2-tur
Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:00
Gollar: 0:1 — 14, Ramin Rizoyan, 0:2 — 38, Mehdi Taremi, 1:2 — 52, Oston O'runov, 2:2 — 83, Igor Sergeev.
O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farruh Sayfiev, 5.Rustam Ashurmatov (21.Igor Sergeev, 82), 7.Otabek Shukurov, 9.Odilbek Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (22.Abbos Fayzullaev, 62), 11.Oston O'runov (2.Abduqodir Husanov, 89), 14.Eldor Shomurodov, 15.Umar Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov.
Eron: 1.Alirizo Beyranvand, 4.Shoja Xalilzoda, 5.Milod Muhammadiy (3.Ehson Hojisafi, 90+4), 6.Said Izzatullohi, 9.Mehdi Taremi, 13.Husayn Kanani, 14.Saman G'oddos (18.Ali Karimi, 42), 16.Mehdi Torabi (11.Rizo Asadi, 90+4), 20.Serdar Azmun (15.Ruzbeh Cheshmi, 75), 21.Muhammad Mohebi (7.Mehrad Muhammadi, 75), 23.Ramin Rizoyan
Ogohlantirishlar: Husniddin Aliqulov (3), Husayn Kanani (48), Sretsko Katanets (76), Farruh Sayfiev (76), Ali Karimi (80).