So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Stoichkov: "Bellingem "Golden Boy" mukofotiga loyiq emasdi. U o'zi nima yutdi?"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
"Barselona"ning sobiq hujumchisi Xristo Stoichkov "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem Evropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan 2023 yilgi "Golden Boy" mukofotini qo'lga kiritishga loyiq emasligi haqida fikr bildirdi.
Stoichkovning fikricha, bu sovringa "Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala ko'proq loyiq edi.
"Men Bellingemning foydaliligiga e'tiroz bildirmayman. U dunyodagi eng iqtidorli futbolchilardan biri: juda zo'r, juda aqlli futbolchi. Men uchun u Laudrup, Kaka va Pol Pogbaning aralashmasi. Uning kelajagi porloq. U navbatdagi "Oltin to'p" uchun Mbappe va Xoland bilan raqobatlashadi.
Lekin bilmoqchimanki, u 2023 yilda "Borussiya" va "Real"da nima yutgan? Hech narsa. Bu gollarning barchasi "Real Madrid"ga qanchalik muvaffaqiyat keltirdi? Keling, Bundesliga qanday yakunlangani haqida gaplashaylik. "Borussiya" chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida "Bavariya"dan ikki ochkolik ustunlikka ega bo'ldi. Ular o'z maydonida “Maynts” bilan, “Bavariya” esa safarda “Kyoln” bilan o'ynadi. Va oxiriga 5 daqiqa qolganda nima bo'ldi? Tuxel Musialani maydonga tushirdi, u yakunda 2:1 hisobini "Bavariya" foydasiga hal qildi. "Borussiya" esa 2:2 hisobida durang o'ynadi va chempionlikni qo'ldan chiqardi. To'plar farqi yomonroq bo'lgani uchun", - dedi Stoichkov Mundo Deportivo nashri bilan suhbatda.
O'tgan yozda Dortmundning "Borussiya" jamoasidan "Real"ga o'tgan 20 yoshli Bellingem Madrid klubidagi dastlabki 14 o'yinida 13 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.