Kvaratsxeliya: "Messi yonimga yaqinlashganida nima bo'layotganini tushunmay qoldim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 59
Gruziya terma jamoasi va “Napoli” klubi yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya “Oltin to'p”ni topshirish marosimida argentinalik Lionel Messi bilan bo'lgan uchrashuvi haqida gapirdi.
"Ushbu uchrashuv men uchun tarixga aylandi. Tanaffuslardan birida Lionel o'rnidan turib, menga yaqinlashdi. Avvaliga nima bo'layotganini tushunmadim. Keyin u menga qo'lini uzatdi. Men uning his-tuyg'ulariga javob berdim. Shundan so'ng Messi men bilan salomlashdi va o'z joyiga qaytdi. Bu ajoyib inson, men uni juda hurmat qilaman", - dedi Xvicha Tribuna.com saytiga.
Eslatib o'tamiz, Messi bu yil “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgandi. Bu uning kollektsiyasidagi sakkizinchi shunday mukofotdir.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!