Kvaratsxeliya Ronaldu haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
"Napoli" klubi va Gruziya terma jamoasi yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
"Ronaldu - ajoyib futbolchi. Agar sizda Leo Messidek raqib bo'lsa va u bilan deyarli har yili bir saviyada bo'lishga muvaffaq bo'lsangiz, bu juda qiyin, shuning uchun ham men Ronaldu har doim yaxshi ko'raman", - dedi Xvicha.
Xvicha, shuningdek, Ronaldu professionalligi tufayli futbolda ko'p yutuqlarga erishganini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, klub darajasida Krishtianu Ronaldu 2023 yil boshidan Saudiyaning “An-Nasr” klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida besh marta nufuzli “Oltin to'p” sovrinini qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!