Angliya tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Britaniyaning FourFourTwo portali tahlilchilari tarixdagi eng yaxshi ingliz futbolchilarini aniqladi. Ushbu reytingda birinchi o'rinni "Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Bobbi Charlton egalladi.
Ikkinchi o'rinda Londonning "Vest Xem" klubi sobiq sardori Bobbi Mur. Kuchli uchlikni hozirda Myunxenning “Bavariya” klubida to'p tepayotgan hujumchi Xarri Keyn yakunladi.
Yuqorida tilga olingan futbolchilardan tashqari kuchli o'nlikka: Ueyn Runi, Jimmi Rivz, Gordon Benks, Pol Gaskoyn, Devid Bekxem, Alan Shirer va Gari Lineker ham kirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!