Italiya terma jamoasida yo'qotish yuz berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
Manuel Lokatelli jarohati sabab Italiya terma jamoasini tark etdi.
Yarim himoyachi ko'rikdan o'tkazildi, unda qovurg'asi biroz shikastlanganligi aniqlandi. Jarohat shanba kuni A Seriyaning 12-turidan o'rin olgan "Kalyari"ga qarshi o'yinda (2:1) olingan.
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti yarim himoyachi Turinga qaytarib yuborilganini aytdi.
"Yuventus" himoyachisi Andrea Kambyazo ham sog'lig'ida muammolar bor: Spalettining so'zlariga ko'ra, uning to'pig'i shishib ketgan.
17 noyabr kuni Italiya Evro-2024 saralashida Shimoliy Makedoniya bilan, 20 noyabr kuni esa Ukraina bilan uchrashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!