«Vilyarreal» tez orada yangi murabbiy bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
«Vilyarreal» tez orada bosh murabbiy Marselino Garsiya Toral bilan shartnoma imzolaydi. RTPA xabariga ko'ra, mutaxassis allaqachon klub ofisiga etib borgan va shartnomani 2026 yilning yoziga qadar imzolaydi.
58 yoshli Marselino 2013 yildan 2016 yilgacha «sariq suvosti kemasi»ni boshqargan. Uning so'nggi ish joyi «Marsel» bo'lib, u 2023 yilning iyunidan sentyabrigacha murabbiylik qilgan.
10 noyabr kuni «Vilyarreal» Xose Pachetani iste'foga chiqargandi. La Liganing 12-turidan so'ng «Vilyarreal» 12 ochko jamg'arib, 14-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!