"Vilyarreal" tez orada yangi murabbiy nomini e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Marselino "Vilyarreal"ning yangi bosh murabbiyi bo'ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda nufuzli insayder Fabritsio Romanoning aytishicha, "suv osti kemasi" allaqachon 58 yoshli mutaxassis bilan kelishib olishgan. Tez orada rasmiy e'lon qilinadi.
Aytish joizki, Marselino 2013-2016 yillarda “Vilyarreal”ni boshqargan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada “Vilyarreal” Pachetaning iste'fosi haqida e'lon qilgan edi. U jamoa bilan atigi ikki oy ishladi.
"Vilyarreal" ayni damda Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi o'yinni 26 noyabr kuni "Osasuna"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!