Ronaldu "An-Nasr"ning navbatdagi g'alabasiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Al-Vahda”ga qarshi o'yinda jamoasining g'alabasiga munosabat bildirdi.
“Biz g'alaba ta'mini saqlab qolamiz! Yaxshi ish qilishda davom etaylik!” – deb post qoldirdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda.
Saudiya Arabistoni Pro-ligasining joriy mavsumida Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” safida 12 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan; Portugaliyalik futbolchi liganing eng yaxshi to'purari hisoblanadi.
11 noyabr kuni Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 13-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda “Al-Nasr” “Al-Vahda” ustidan yirik 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
13 tur yakunlariga ko'ra, “An-Nasr” 31 ochko jamg'arib, Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.