Pochettino o'yindan keyin Gvardiola bilan ko'rishmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya chempionatining 12-tur uchrashuvidan keyin "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola bilan qo'l berib ko'rishmadi. Uchrashuv Londondagi “Stemford Brij” stadionida bo'lib o'tdi va 4:4 hisobida yakunlandi.
O'yindan so'ng Pochettino Gvardiolaning qo'lini siqmadi va hakamlar oldiga borib, ularning ishidan shikoyat qildi.
"Chelsi" ayni damda Angliya chempionati turnir jadvalida 16 ochko bilan o'ninchi o'rinda bormoqda. “Manchester Siti” esa o'z navbatida 28 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda.
Keyingi turda “Chelsi” “Nyukasl” bilan, “Manchester Siti” esa “Liverpul” bilan bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv 25 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!