Messi "Inter Mayami"ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
Argentinalik hujumchi Lionel Messi “Inter Mayami”ning 2023 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Messi yozgi transfer oynasida Amerika klubiga o'tdi. "Inter Mayami"ning barcha musobaqalar bo'yicha 14 ta o'yinida u 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, klub tarixidagi birinchi sovrin - Liga kubogini qo'lga kiritishga yordam berdi.
Noyabr oyida Messi 2022/23 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida faoliyatidagi 8-"Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!