Pochettino: «Siti» Evropaning eng yaxshi jamoasi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Manchester Siti»ga qarshi APLning 12-tur uchrashuvi oldidan raqib haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Argentinalik mutaxassis «shaharliklar»ni Evropaning eng yaxshi jamoasi deb atadi va «ko'klar» bo'lajak uchrashuvda g'alaba qozonishni kutishayotganini ta'kidladi. Pochettino 11-turda «Tottenxem»ga qarshi o'yinda (4:1) «Chelsi» eng kuchli klublarga dosh bera olish qobiliyatini ko'rsatganini ta'kidladi.
«Siti» Evropaning eng yaxshi jamoasi, murabbiylar shtabi ancha kuchli. Bu juda qiyin bahs bo'ladi. Lekin biz uch ochko olishni istaymiz. Biz o'zimizda xarakter borligini isbotlashimiz kerak», - dedi Pochettino matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!