Grizmann EChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
G'olib UEFA rasmiy saytidagi muxlislar ovozi orqali aniqlandi.
“Atletiko” “Seltik”ni 6:0 hisobida mag'lub etdi va frantsiyalik futbolchi ikkita gol urdi.
Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turining eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlar orasida Erling Xoland («Manchester Siti»), Bukayo Saka («Arsenal») va Rodrigo («Real») ham bor edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!