"Barselona" 85 million evroga baholanayotgan futbolchi uchun kurashga kirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
Nemis futbolining yuksalib borayotgan yulduzi, huquqlari “Bayer”ga tegishli Florian Virts Ispaniya chempionati grandi safiga o'tishi mumkin. Bu haqda Todofichajes sahifalarida xabar berilgan.
Manbaga ko'ra, 20 yoshli yarim himoyachini o'z safiga "Barselona" qo'shib olishga qiziqmoqda. Vingerning transfer narxi 85 million evroga baholanmoqda. U 2027 yilning yozigacha "dorixonachilar" bilan shartnoma imzolagan.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida Florian o'nta o'yin o'tkazib, uchta gol va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!