Dibala JCh-2022 finalidan keyin Mourino uni qanday tabriklaganini aytib berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
"Roma" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibala "bo'rilar" bosh murabbiyi Joze Mourino uni jahon chempionati oltini bilan qanday tabriklaganini aytib berdi.
“Frantsiyaga qarshi jahon chempionati finali yakunlanganida men doping xonasida edim. Keyin kiyinish xonasiga qaytib, oilam bilan gaplashish uchun telefonimni oldim va Mourinodan 5 ta javobsiz qo'ng'iroq bo'ldi. O'ylaymanki, avval unga, keyin onamga telefon qildim. U juda xursand edi, chunki u argentinaliklarni yaxshi ko'radi”, — dedi forvard.
Eslatib o'tamiz, Paulo Dibala "Roma"da 2022 yildan buyon o'ynab kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!