Pavar operatsiya qilinmaydigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Milanning "Inter" klubi himoyachisi Benjamen Pavar operatsiya qilinishi shart emas. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchining jarohati avval o'ylagandek jiddiy bo'lmagan.
Manbaning ta'kidlashicha, Pavar maksimal 6-8 haftani o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi. Taxminlarga ko'ra, Benjamin shu kalendar yili Italiya A Seriyasi o'yinlarida ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Inter" Pavar operatsiya qilingan taqdirda uzoq vaqt o'tkazib yuborishidan xavotirda edi. Frantsiyalik himoyachi Simone Indzagi jamoasiga o'tgan yozda "Bavariya"dan kelib qo'shilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!