Rodri: "Doku o'zini "Manchester Siti"da baxtli his qilmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri Ernandes o'tgan yozda Frantsiyaning “Renn” klubidan Pep Gvardiola jamoasiga kelib qo'shilgan jamoaning yangi futbolchisi Jeremi Dokuning o'yini haqida fikr bildirdi.
"Doku kelishi bilan bizda uzoq vaqtdan beri bo'lmagan profildagi o'yinchi paydo bo'ldi. Balki Rahim Sterling va Leroy Sane ham xuddi shunday uslubda o'ynagandir. Men tezkor vingerlar haqida gapiryapman. Doku hozir o'zini baxtli his qilmoqda va men u uchun juda xursandman" - dedi Rodri.
Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasining so'nggi turida Doku "Bornmut" bilan o'yinda bitta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Shaharliklar” yirik 6:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!