Xabib bir kuni qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
Mashhur murabbiy Xaver Mendes UFCda mag'lub bo'lmagan Xabib Nurmagomedovni aralash yakkakurash (MMA)ga qaytishga majburlashi mumkinligini aytdi.
«Hozirda Xabibning asosiy vazifasi farzandlariga yaxshi ota bo'lishdir. U bolalariga vaqt ajratadi.
Albatta, u o'z jamoasi jangchilariga ham vaqt ajratadi, lekin shu bilan birga u bolalarni ham unutmaydi.
Buning uchun uni ayblash mumkin emas. Farzandlari ulg'ayib, jang san'ati bilan shug'ullana boshlagach, MMAga qaytadi deb o'ylayman.
Ammo bu qachon sodir bo'lishini hech kim bilmaydi. Ammo agar Xabib qaytib kelsa, sport ahli ajoyib murabbiy va har kimga yordam bera oladigan ajoyib insonga ega bo'ladi», dedi Xaver Mendes.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!