Noyer: «Haqiqiy yuzimizni ko'rsata oldik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Dortmundda «Borussiya» ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g'alabadan (4:0) so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Uchrashuvning to'rtinchi daqiqasidayoq Dayot Upamekano Tomas Tuxel jamoasini oldinga olib chiqdi, keyin esa Xarri Keyn xet-trik qayd etdi.
«Har bir futbolchi va muxlis bu o'yinni intiqlik bilan kutadi, undan oldin nima bo'lishidan qat'i nazar.
Biz yuqori darajadagi o'yinda o'zimizning haqiqiy yuzimizni ko'rsata oldik. Birinchi daqiqalardanoq o'yinga ajoyib tarzda kirishib oldik.
Bo'shliqlar va yuqori tempdan foydalanish qobiliyati «Borussiya»ga zarar etkazdi», dedi yaqinda jiddiy jarohatidan so'ng maydonga qaytgan Noyer Sky Sport nashriga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!